13-modda Odil sudlov huquqidan foydalanish .
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida · Sana: 13.12.2006 · Amalda
1. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar boshqalar bilan teng ravishda odil sudlovdan samarali foydalanishlari imkoniyatini taʼminlamoqda, shu jumladan yuridik jarayonning barcha bosqichlarida, jumladan surishtirish bosqichlari va ish yuritishning boshqa boshlangʻich bosqichlarida oʻzlarining bevosita va bilvosita ishtirokchilar, shu jumladan guvohlar sifatidagi samarali rolini bajarishlarini yengillashtirishga qaratilgan protsessual va yoshlariga muvofiq tuzatishlar kiritishni nazarda tutadi.
2. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarning odil sudlovdan samarali foydalanish imkoniyatlarini taʼminlashga koʻmaklashish uchun odil sudlovni amalga oshirish sohasida, shu jumladan politsiya va penitensiar tizimida ishlaydigan shaxslarni zarur tarzda oʻqitishga koʻmaklashadi.
