12-modda Qonun oldidagi tenglik
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida · Sana: 13.12.2006 · Amalda
1. Ishtirok etuvchi davlatlar har bir nogiron, u qayerda boʻlmasin, teng huquqiy himoya huquqiga ega ekanligini tasdiqlaydi.
2. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar hayotning barcha sohalarida boshqalar bilan teng ravishda huquq layoqatiga ega ekanligini eʼtirof etadi.
3. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarga ular oʻzlarining huquqqa layoqatini amalga oshirishlarida talab etilib qolinishi mumkin boʻlgan qoʻllab-quvvatlashni taqdim etish uchun zarur choralarni koʻradi.
4. Ishtirok etuvchi davlatlar huquqqa qodirlikni amalga oshirish bilan bogʻliq barcha choralar inson huquqlari xalqaro huquqiga muvofiq suiisteʼmolliklarning oldini olishini koʻzda tutishi uchun zarur va samarali kafolatlarni taʼminlaydi. Bunday kafolatlar huquqqa layoqatni amalga oshirish bilan bogʻliq choralar shaxsning huquqlari, irodasi va moyilliklarini hurmat qilishga yoʻnaltirilgan boʻlishi, manfaatlar nizosi va nooʻrin taʼsirdan xolis boʻlishi, ushbu shaxs vaziyatiga muvofiq va moslashtirilgan boʻlishi, iloji boricha qisqa muddatda qoʻllanilishi hamda vakolatli, mustaqil va xolis organ yoki sud idorasi tomonidan muntazam tekshirilishini taʼminlashi kerak. Ushbu kafolatlar mazkur shaxsning huquqlari va manfaatlariga qay darajada taʼsir koʻrsatsa, shu darajada boʻlishi kerak.
5. Ishtirok etuvchi davlatlar ushbu modda qoidalarini hisobga olgan holda nogironlarning mulkka egalik qilish va uni meros qilib olish, oʻz moliyaviy ishlarini boshqarish, shuningdek bank ssudalari, ipoteka kreditlari va moliyaviy kreditlashning boshqa shakllaridan foydalanishda teng huquqliklarini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻrmoqda hamda nogironlar oʻz mulkidan asossiz ravishda mahrum boʻlmasliklarini taʼminlaydi.
