14-modda Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida · Sana: 13.12.2006 · Amalda
1. Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar boshqalar bilan teng huquqqa ega boʻlishlari uchun quyidagilarni taʼminlaydi:
a) ozodlik va shaxsiy daxlsizlik huquqidan foydalanish;
b) qonunsiz va asossiz ravishda ozodlikdan mahrum boʻlmaslik va har qanday ozodlikdan mahrum etish qonunga muvofiq boʻlishi, nogironlik esa hech bir holatda ozodlikdan mahrum etish uchun asos boʻlmasligini.
2. Ishtirok etuvchi davlatlar agar qaysidir bir tartib asosida nogironlar ozodlikdan mahrum etilsa, ular uchun inson huquqlari xalqaro huquqiga muvofiq boʻlgan kafolatlar berilishini hamda ular bilan muomala ushbu Konvensiyaning maqsad va prinsiplariga, shu jumladan oqilona moslashtirishni taʼminlashga muvofiq boʻlishini taʼminlaydi.
