29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining xizmat guvohnomasi va jetoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida (O‘RQ-700-son) · Sana: 06.07.2021 · Amalda
Xizmat guvohnomasi harbiy xizmatchining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga mansubligini, uning shaxsini, lavozimi va harbiy unvonini tasdiqlovchi hujjatdir.
Xizmat guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining sovuq va oʻqotar qurolni olib yurish hamda saqlash huquqini, shuningdek ushbu Qonunning 21-moddasida koʻrsatilgan boshqa huquqlarni tasdiqlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining jetoni xizmat guvohnomasi koʻrsatilganda haqiqiydir va uni identifikatsiya qilishning qoʻshimcha vositasi boʻlib xizmat qiladi.
Alohida hollarda, jeton Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisiga qoʻriqlash tadbirlariga Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlarining qoʻshimcha kuch hamda vositalarini, ularning rahbariyatini yigirma toʻrt soat ichida yozma ravishda xabardor etgan holda jalb qilish huquqini beradi.
