8-modda. Siyosiy boshpana berish
Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida (O‘RQ-692-son) · Sana: 04.06.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini hisobga olgan holda, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalari asosida, ushbu Qonunga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq beriladi.
Siyosiy boshpana oʻz fuqaroligi boʻyicha mansub boʻlgan mamlakatda yoki doimiy yashash joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyati, diniy eʼtiqodi, irqiy yoki milliy mansubligi uchun taʼqib qilinishdan yoki taʼqibning jabrlanuvchisi boʻlishiga real tahdiddan, shuningdek xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan inson huquqlari buzilishlarining boshqa hollaridan boshpana va himoya izlayotgan, boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shuningdek ularning oila aʼzolariga beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
