7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash tartibi
Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida (O‘RQ-692-son) · Sana: 04.06.2021 · Amalda
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar qonunchilikda belgilanadigan tartibda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi boʻyicha doimiy roʻyxatga olingan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosining va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi beriladi.
Chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga identifikatsiyalovchi kartalarni rasmiylashtirish hamda berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
