4-modda
Mintaqalararo hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 01.08.2019 · Amalda
Vakolatli organlar mintaqalarning korxona va tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli savdo va ishlab chiqarish aloqalarini rivojlantirishga koʻmaklashadilar. Mazkur maqsadlarda ular oʻz vakolatlari doirasida va oʻz davlatlari qonunchiligiga muvofiq:
korxona va tashkilotlar oʻrtasida bevosita aloqalarni oʻrnatish, qoʻshma korxonalar tashkil etish, tovar va xizmatlar yetkazib berish boʻyicha oʻzaro manfaatli kontraktlar tuzishda tadbirkorlik tuzilmalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash tashabbusi bilan chiqadilar;
tadbirkor va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida uchrashuvlar, forumlar, biznes-seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar, koʻrgazma va yarmarkalar tashkil etadilar;
oʻz mintaqalarini iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor loyihalarini amalga oshirishda, shu jumladan, xoʻjalik yurituvchi subyektlari saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish orqali bir-birlarini qoʻllab-quvvatlaydilar;
oʻz davlatlari qonunchiligidagi oʻzgarishlar va amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar haqida bir-birlarini muntazam xabardor qiladilar;
oʻzaro savdoni tashkil etishda vujudga kelayotgan qiyinchiliklarni tahlil qiladilar va tegishli takliflar ishlab chiqadilar.
