3-modda
Mintaqalararo hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 01.08.2019 · Amalda
Tomonlar, shuningdek, vakolatli organlar mintaqalararo hamkorlikni amalga oshirish va muvofiqlashtirish maqsadida quyidagilarga koʻmaklashadilar:
mintaqalar oʻrtasidagi aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirish;
mazkur Bitimni amalga tatbiq qilishga yoʻnaltirilgan qoʻshma tadbirlar rejalari, harakat dasturlari va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish;
mintaqalararo hamkorlikning joriy holati hamda uni takomillashtirish istiqbollarini muhokama qilish boʻyicha zaruriyat boʻlganda, qoʻshma ishchi guruhlar tuzish va mintaqalar darajasida muntazam maslahatlashuvlar mexanizmini yoʻlga qoʻyish;
hamkorlikning oʻzaro manfaatli boshqa shakllari.
