14-modda. Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari
Saylov toʻgʻrisida (266/XXVII-son) · Sana: 04.09.2019 · Amalda
Markaziy saylov komissiyasi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesiga saylovni oʻtkazish uchun tuziladigan saylov komissiyalari tizimiga boshchilik qiladi, Qoraqalpogʻiston Respublikasining butun hududida ushbu Qonunning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xil tarzda qoʻllanilishini taʼminlaydi;
Joʻqorgi Kenges deputatlari, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi yuzasidan saylov kampaniyasi boshlanganligini eʼlon qiladi;
saylov komissiyalari faoliyatini uslubiy jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi, saylovni tashkil etish masalalari yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, yoʻriqnomalar hamda nizomlarni tasdiqlaydi, tushuntirishlar beradi;
Saylov jarayonini boshqarishning axborot tizimini joriy etish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron roʻyxatidan (bundan buyon matnda Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati deb yuritiladi) foydalanish faoliyati boʻyicha umumiy rahbarlikni va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
Joʻqorgʻi Kenges deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi hamda ushbu okruglarning joylashgan eri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
Joʻqorgʻi Kenges deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalarini tuzadi, shuningdek ular joylashgan yer toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
saylovlarni oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalarini tuzadi, shuningdek ularning joylashgan eri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
saylov komissiyalari tarkibiga oʻzgartishlar kiritish tartibini belgilaydi;
agar okrug saylov komissiyalarining qarorlari ushbu Qonunga zid boʻlsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;
saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, pul mablagʻlarini saylov komissiyalariga taqsimlaydi, saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;
siyosiy partiyalarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining kuzatuvchilari, ommaviy axborot vositalarining vakillari uchun mandat namunasini belgilaydi;
taqdim etilgan hujjatlar asosida siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
