15-modda. Markaziy saylov komissiyasining raisi
Saylov toʻgʻrisida (266/XXVII-son) · Sana: 04.09.2019 · Amalda
Markaziy saylov komissiyasining raisi:
Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Markaziy saylov komissiyasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi, komissiya aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Markaziy saylov komissiyasining majlislarida ishtirok etish uchun davlat organlarining, siyosiy partiyalarning hamda boshqa jamoat birlashmalarining, tashkilotlarning vakillarini va mansabdor shaxslarini taklif etadi;
davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan munosabatlarda Markaziy saylov komissiyasi nomidan ish yuritadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga saylov yakunlari toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga axborot beradi;
Markaziy saylov komissiyasining qarorlarini va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini taʼminlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan ajratilgan mablagʻlarni taqsimlaydi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining birinchi majlisini ochadi hamda Joʻqorgʻi Kenges Raisi saylanguniga qadar unda raislik qiladi.
Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻz vakolatlarini bajarishi imkoni boʻlmaganda, shuningdek rais boʻlmagan taqdirda, raisning vazifalari rais oʻrinbosarining yoki Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan komissiya aʼzolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
