12-modda. Markaziy saylov komissiyasini tuzish
Saylov toʻgʻrisida (266/XXVII-son) · Sana: 04.09.2019 · Amalda
Markaziy saylov komissiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan kamida oʻn besh nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tavsiyasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan saylanadi.
Markaziy saylov komissiyasining raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining taqdimnomasiga binoan komissiya aʼzolari orasidan komissiya majlisida saylanadi.
Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari va komissiya kotibi komissiya aʼzolari orasidan komissiya majlisida saylanadi.
Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi tegishli guvohnomaga ega boʻladi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi va aʼzolarining guvohnomasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi tomonidan imzolanadi.
