“383-modda. Qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliq stavkalari — “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-659-son)
“383-modda. Qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliq stavkalari
“2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-659-son) · Sana: 30.12.2020 · Amalda
Qatʼiy belgilangan miqdorlarda soliqni toʻlovchi jismoniy shaxslar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Soliq toʻlovchi:
bir nechta faoliyat turi bilan shugʻullanganida, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqni toʻlaydi, faoliyat bilan ikki va undan ortiq aholi punktlarida shugʻullanganida esa, ushbu aholi punktlari uchun oʻrnatilgan yuqori stavkada soliq toʻlanadi;
tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalarda va binoda amalga oshirgan taqdirda, yashash joyidagi soliq organiga ijaraga beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (axborot) taqdim etishga majbur;
I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxs hisoblanganida faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qatʼi nazar, oyiga qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlaydi;
“Hunarmand” uyushmasi aʼzosi boʻlgan va hunarmandchilik mahsulotlarini (tovarlarini, xizmatlarini) ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilishni amalga oshirganida qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqni toʻlashdan ozod etiladi;
bolalar oʻyin avtomatlari bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatsa, har bir jihozlangan joy (birlik) uchun qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqni toʻlaydi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlariga ushbu Kodeksning 381-moddasi birinchi qismida belgilangan stavkada soliq solinadi.
Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan miqdordagi soliq summalariga faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlariga, shuningdek faoliyat amalga oshiriladigan turlarining mavsumiyligi qarab 0,7 dan 1,3 gacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli”;
14) 385-modda:
uchinchi qismining 2-bandi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va toʻlov manbaida ushlab qolinadi”;
15) 408-modda:
birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qatʼi nazar:
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
2) yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan (bundan buyon matnda yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari deb yuritiladi) — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;
3) faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila aʼzolari tomonidan:
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosi tomonidan — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
oilaning boshqa aʼzolari tomonidan (bundan oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganlar mustasno) — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;
4) qishloq tumanlarida roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi boʻlgan hunarmandchilik faoliyati subyektlari tomonidan oʻz faoliyatining dastlabki ikki yilida — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida majburiy tartibda toʻlanadi.
Mehnat staji hisoblanishi uchun oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar, mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), tashkilotlarda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda, quyidagi soliq toʻlovchilar tomonidan esa majburiy tartibda toʻlanadi:
“Usta-shogird” maktablari oʻquvchilari — ular yigirma besh yoshga toʻlguniga qadar ishlagan davrda;
dehqon xoʻjaliklari, shuningdek maydoni toʻrt sotixdan kam boʻlmagan dehqon xoʻjaligida, tomorqa yer uchastkasida band boʻlgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud ellik boshdan kam boʻlmagan xonaki parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar. Bunda dehqon xoʻjaligi rahbari soliqni majburiy tartibda toʻlaydi, boshqa aʼzolari va koʻrsatilgan jismoniy shaxslar esa ixtiyoriy asosda toʻlaydi”;
toʻrtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliqni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi:
ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan — har oyda tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay;
ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan — hisobot yilining 1-dekabrigacha amalga oshiriladi. Bunda soliqning miqdori toʻlov kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi”;
oʻn birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar soliqni ushbu Kodeksning 405-moddasida koʻrsatilgan soliq stavkalari boʻyicha jami yillik daromad toʻgʻrisida deklaratsiyada koʻrsatilgan mehnatga haq toʻlash tarzida olingan daromadlar summasidan kelib chiqib, biroq ushbu moddada belgilangan uning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan holda, soliqni ixtiyoriy ravishda toʻlash haqida jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida toʻlashga haqli. Bunda toʻlanishi lozim boʻlgan soliqning uzil-kesil summasi ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlariga muvofiq toʻlangan summalarni hisobga olgan holda aniqlanadi”.
16) 414-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) madaniyat va sanʼat, taʼlim, sogʻliqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari mustasno), jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot obyektlarining”;
17) 415-moddaning toʻrtinchi qismi birinchi xatboshidagi “0,2 foiz” degan soʻzlar “0,4 foiz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 419-moddaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar”;
19) 422-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
20) 426-modda ikkinchi qismining:
4-bandidagi “dam olish uylari, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
11-bandidagi “maishiy chiqindilar” degan soʻzlar “maishiy, qurilish va boshqa chiqindilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 427-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “meva-sabzavotchilik qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun meva-sabzavotchilik mahsulotlari egallagan yerlar uchun esa — yer uchastkasining umumiy maydoni” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
22) 428-modda ikkinchi qismining:
ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari band qilgan yerlar mustasno) va ijtimoiy taʼminot obyektlari egallagan yerlar;
sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish majmualari, oʻquv-mashq bazalari va bolalar-sogʻlomlashtirish oromgohlari egallagan yerlar”;
sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“suvni tejaydigan (tomchilatib, yomgʻirlatib, diskret va boshqa) sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan yerlar — suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan eʼtiboran besh yil muddatga. Ushbu imtiyoz suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organning xulosasi asosida beriladi. Agarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan boshlab besh yil davomida foydalanishga yaroqsiz boʻlgan yoki demontaj qilingan boʻlsa, soliq imtiyozi butun soliq davri uchun soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatlarning tiklanishi bilan bekor qilinadi”;
23) 429-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkasi respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;
tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari, ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga, Toshkent shahri uchun esa — ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida kiritadi.
Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi. Yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlari ushbu soliq stavkalarini besh kun ichida soliq toʻlovchilarga maʼlumot uchun yetkazishlari kerak”;
ikkinchi — oʻn birinchi qismlar tegishincha toʻrtinchi — oʻn uchinchi qismlar deb hisoblansin;
toʻrtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi”;
beshinchi qism birinchi xatboshidagi “0,1 koeffitsiyent” degan soʻzlar “0,25 koeffitsiyent” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismdagi “uchinchi” degan soʻz “beshinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin”;
oʻn birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan maydonlar, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek, samarali foydalanilmayotgan baliq yetishtirish (oʻstirish) uchun moʻljallangan sunʼiy suv havzalari joylashgan yer uchastkalariga nisbatan qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin. Bunday yer uchastkalariga soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydi”;
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Shaharlar va shaharchalarning maʼmuriy chegaralarida joylashgan konlar va karyerlar band etgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyentini qoʻllagan holda toʻlanadi”;
24) 431-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Koʻp kvartirali uylarda joylashgan turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari bilan band boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha soliq turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk obyektining qavatlar soniga boʻlingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi”;
25) 434-modda birinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari”;
26) 435-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha soliq bazasi ushbu Kodeks 428-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qismdagi “yakka tartibdagi garajlar” degan soʻzlar “yakka tartibdagi va jamoa garajlari” degan soʻz bilan almashtirilsin”;
27) 437-moddaning:
birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar mustasno):
Respublika hududlari 1 kv.m uchun bazaviy soliq stavkasi (soʻmda) Toshkent shahri 1 zona 2 zona 3 zona 4 zona 5 zona 1193,6 1013,2 832,6 652,3 471,8 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 245,0 Andijon viloyati 297,6 Buxoro viloyati 245,0 Jizzax viloyati 245,0 Qashqadaryo viloyati 245,0 Navoiy viloyati 245,0 Namangan viloyati 297,6 Samarqand viloyati 297,6 Surxondaryo viloyati 221,6 Sirdaryo viloyati 191,8 Toshkent viloyati 252,2 Fargʻona viloyati 245,0 Xorazm viloyati 245,0
Soliq stavkalarini aniq miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;
tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga Toshkent shahri uchun esa — ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida kiritadi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi.
Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi”;
uchinchi — yettinchi qismlar tegishincha beshinchi — toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi oʻninchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi turar joy qurish va obodonlashtirishga berilgan tomorqa yer uchastkalariga yakka tartibdagi uy-joy qurishga berilgan yer uchastkalari uchun belgilangan stavka qoʻllaniladi”;
28) 439-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliqni hisoblab chiqarish soliq toʻlovchining yashash joyidan qatʼi nazar, yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning maʼlumotlari asosida, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar boʻyicha esa — qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlovchi organning maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Koʻp kvartirali uylarda joylashgan turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari bilan band boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha soliq turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk obyektining qavatlar soniga boʻlingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi”;
29) 442-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:
“8) kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslari”;
30) 444-moddaning:
toʻqqizinchi va oʻninchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organ har yili joriy soliq davrining 10-dekabridan kechiktirmay qishloq xoʻjaligida, shu jumladan baliqchilik xoʻjaligida, suv resurslaridan foydalanuvchi yuridik shaxslarga, dehqon xoʻjaliklari boʻyicha esa — hisobot davri uchun kelgusi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilish joyi boʻyicha soliq organlariga — soliq bazasini aniqlash uchun ular tomonidan ishlatilishi kutilayotgan suv resurslari hajmini taqdim etadi.
Dehqon xoʻjaliklari uchun soliq bazasi soliq organlari tomonidan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organ taqdim etgan maʼlumotlar asosida aniqlanadi”;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi, oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Sunʼiy suv havzalarida baliq yetishtiruvchi baliqchilik xoʻjaliklari soliq bazasini tabiiy va sunʼiy suv obyektlaridan olingan va ushbu suv obyektlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi, bundan kollektor-drenaj tarmoqlariga qaytarib quyiladiganlar mustasno, oʻrtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydilar.
Qishloq xoʻjaligida, shu jumladan baliq yetishtirishda suv resurslarini hisobga olish vositalari mavjud emasligi va foydalaniladigan suv resurslarining haqiqiy hajmini aniqlashning imkoni boʻlmagan taqdirda, soliq bazasi suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilish sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv resurslari isteʼmolining normativlariga koʻra aniqlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida suvni maxsus uskunalarni (turbinalarni) sovitish uchun ishlatadigan soliq toʻlovchilar soliq bazasini tabiiy suv obyektlaridan maxsus uskunalarni (turbinalarni) sovitish uchun olingan va tabiiy suv obyektlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi oʻrtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydi. Ushbu norma suvning haqiqiy hisobi yoki suvdan maxsus foydalanish ruxsatnoma mavjud boʻlganda qoʻllaniladi”;
oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlari tegishincha oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi qismlar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Soliq solish obyekti va (yoki) soliq stavkasi turli xil boʻlgan bir necha turdagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi soliq toʻlovchilar bunday faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishlari va tegishli soliq stavkalari boʻyicha soliq toʻlashlari shart”;
31) 445-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan limitlar doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari bir kub metr uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r Soliq toʻlovchilar va soliq solish obyekti 1 kub. m uchun soliq stavkasi (soʻmda) er usti suv resurslari manbalari yer osti suv resurslari manbalari 1. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar (bundan 2 — 6-bandlarda koʻrsatilganlari mustasno), shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar 182 221 2. Sanoat korxonalari 472 564 3. Elektr stansiyalari va kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari 70 90 4. Qishloq xoʻjalik yerlarini sugʻorish va baliqlarni oʻstirish (yetishtirish) uchun foydalanilgan suv hajmi qismi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari 40 40 5. Avtotransport vositalarini yuvish uchun foydalaniladigan suv hajmi 1990 1990 6. Alkogolsiz ichimliklar hamda pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi 25 185 25185 ”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan soliq stavkasi 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda, suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanadigan, foydalanilgan suv hajmiga qoʻllaniladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
32) 452-modda ikkinchi qismining:
81, 82 va 83 qatorlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
85 va 86 qatorlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
33) 461-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 9 va 10-bandlar bilan toʻldirilsin:
“9) alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish boʻyicha turgʻun savdo shaxobchalariga;
10) bozorlarga va savdo komplekslariga”;
34) 467-moddaning:
6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
9.2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 9.2. joylashgan joyidan qatʼi nazar, tamaki mahsulotlari realizatsiyasidan tovar aylanmasi boʻyicha: 4 ”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlarining ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun 2021-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-dekabr,
OʻRQ-659-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “383-modda. Qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliq stavkalari “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-659-son). neolex.uz/uz/laws/law-5193214/383 (lex.uz/docs/-5193212)