2893-modda. Neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlar va xizmatlarga doir soliq stavkalari
“2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-659-son) · Sana: 30.12.2020 · Amalda
Neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlar va xizmatlarga soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r Tovarlar (xizmatlar) nomi Soliq stavkasi 2021-yil 1-yanvardan 2021-yil 1-fevraldan 1. Neft mahsulotlari: Ai-80 200 000 soʻm/tonna 240 000 soʻm/tonna Ai-90 va undan yuqori 250000 soʻm/tonna 275000 soʻm/tonna aviakerosin (sintetikdan tashqari) 180000 soʻm/tonna 200000 soʻm/tonna dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari) 200000 soʻm/tonna 240000 soʻm/tonna EKO dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari) 180000 soʻm/tonna 216000 soʻm/tonna dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi 280000 soʻm/tonna 340000 soʻm/tonna 2. Polietilen granulalar 20% 3. Tabiiy gaz, shu jumladan eksport 20% 4. Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz (bundan “Hududgaztaʼminot” AJ orqali aholiga sotiladigan hajmlar mustasno), shu jumladan eksport 30% 5. Yakuniy isteʼmolchiga sotiladigan: benzin 1 litr uchun 285 soʻm/1 tonna uchun 378 480 soʻm 1 litr uchun 350 soʻm/1tonna uchun 465 530 soʻm dizel yoqilgʻisi 1 litr uchun 285 soʻm/1 tonna uchun 346 275 soʻm 1 litr uchun 350 soʻm/1tonna uchun 425 918 soʻm suyultirilgan gaz 1 litruchun 285 soʻm/1 tonna uchun 540 645 soʻm 1 litruchun 350 soʻm/1tonna uchun 665 493 soʻm siqilgan gaz 1 kub metr uchun 435 soʻm 1 kub metr uchun 500 soʻm 6. Mobil aloqa xizmatlari 15% 7. Xushboʻylashtiruvchi yoki rang beruvchi qoʻshimchalarsiz oq shakar 20%
Ushbu modda birinchi qismining 2, 3, 4 va 6-bandlarida soliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan (koʻrsatiladigan) aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga) belgilangan, va mazkur tovarlarni olib kirishda qoʻllanilmaydi.
Ushbu modda birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan olib kirilgan (import qilingan) aksiz toʻlanadigan tovarlarni oʻz extiyojlari uchun ishlatilganda, soliq toʻlovchilari boʻlib ushbu tovarlarni oʻz ehtiyojlari uchun olib kirishni amalga oshirgan shaxslar eʼtirof etiladi.
