Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-647-son) · Sana: 18.11.2020 · Amalda
Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) qabul qilingan harbiy xizmatchi (xodim) harbiy xizmatdan (xizmatdan) boʻshatilganidan keyin, agar u boʻshatilgan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay ishga joylashish masalasi yuzasidan ish beruvchiga murojaat qilgan boʻlsa, avvalgi ish joyi boʻyicha ishga joylashish huquqiga ega.
Tashkilotning tugatilganligi sababli avvalgi ish joyi boʻyicha ishga joylashish imkoni boʻlmagan taqdirda, boʻshatilgan harbiy xizmatchi (xizmatchi) mehnat organlarining yoʻllanmasiga koʻra bepul kasbiy taʼlim olish (qayta taʼlim olish, malaka oshirish) huquqiga ega.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-5128310
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 45-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) ishga joylashtirish kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-647-son). neolex.uz/uz/laws/law-5128318/45 (lex.uz/docs/-5128310)