27-modda. Genomga oid axborotdan foydalanish
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida (O‘RQ-649-son) · Sana: 24.11.2020 · Amalda
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishda olingan genomga oid axborotdan:
jinoyatlarning oldini olish, ularni ochish va tergov qilish, shuningdek ularni sodir etgan shaxslarni fosh etish va aniqlash;
bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish;
tanib olinmagan murdalarning (tana qoldiqlarining, qismlarining) shaxsini aniqlash;
biologik qarindoshlikni aniqlash maqsadlarida foydalaniladi.
