20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida (632-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Ushbu Qonunda belgilangan tartibda shaxsning iltimosnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishga ruxsat etiladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni iltimos qiluvchi shaxs davlat oldidagi majburiyatlarini yoki fuqarolarning yoxud davlat va jamoat tashkilotlarining muhim manfaatlari bilan bogʻliq mulkiy majburiyatlarini bajarmagan boʻlsa, uning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi rad etilishi mumkin.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni iltimos qiluvchi shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi zarur boʻlgan sud hukmi boʻlsa yoki shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi manfaatlariga zid boʻlsa, uning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
