19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining tugatilishi asoslari
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida (632-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish oqibatida;
2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotish oqibatida;
3) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan asoslarga binoan;
4) ushbu Qonunda koʻzda tutilgan boshqa asoslarga binoan.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining toʻxtatilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqaroligining toʻxtalishiga sabab boʻladi.
