5-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) tashkil etish
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida (600-I-son) · Sana: 30.04.1998 · Amalda
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) uning muassislari tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolarining soni kooperativ (shirkat) faoliyati ixtisoslashuvidan kelib chiqib uning ustavida belgilab qoʻyiladi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) qonunchilikda belgilangan tartibda davlat xizmatlari markazida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs huquqlariga ega boʻladi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) mustaqil balansga, bank muassasasida hisob-kitob varaqlariga va boshqa hisobvaraqlarga ega boʻladi, shuningdek oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻlishga haqli.
