4-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) faoliyat turlari
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida (600-I-son) · Sana: 30.04.1998 · Amalda
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) faoliyatining asosiy turi qishloq xoʻjalik mahsuloti yetishtirishdir.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish bilan bir qatorda kooperativning (shirkat xoʻjaligining) oʻz hududida ham, shuningdek undan tashqarida ham qishloq xoʻjalik xom ashyosini qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq isteʼmol mollari, ishlab chiqarish-texnika ahamiyatiga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish, savdo-sotiq, taʼmirlash va qurilish ishlari, yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanishga haqli.
