3-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) faoliyatining prinsiplari
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida (600-I-son) · Sana: 30.04.1998 · Amalda
Qishloq xoʻjaligi kooperativlarining (shirkat xoʻjaliklarining) faoliyati quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
kooperativga (shirkatga) aʼzolikning ixtiyoriyligi va undan erkin chiqish mumkinligi;
kooperativ (shirkat) faoliyatida aʼzolarning oʻz mehnati bilan ishtirok etishi shartligi;
mahsulot yetishtirish va mehnatni xoʻjalik ichida asosan oila (jamoa) shartnomasi asosida tashkil etish;
kooperativ (shirkat) aʼzolarining mehnatiga ishlab chiqargan mahsuloti (bajargan ishi) hajmiga, sifatiga qarab haq toʻlash;
yakuniy daromadni (foydani) kooperativ (shirkat) aʼzolari oʻrtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq taqsimlash;
boshqaruvning demokratik xususiyati, qarorlar qabul qilishda huquqlar tengligi (kooperativning (shirkatning) bir aʼzosi — bir ovozga ega boʻlishi);
kooperativ (shirkat) ustavida nazarda tutilgan tartibda uning ishi ustidan kooperativ (shirkat) aʼzolarining nazorat qilishi;
yer uchastkalaridan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalanish, yerlarning muhofaza qilinishini va tuproq unumdorligining oshirilishini taʼminlash.
