3-modda
Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 15.04.2019 · Amalda
Tomonlar mazkur Bitim doirasida quyidagi shakllarda hamkorlikni amalga oshiradilar:
1) mazkur Bitimning 2-moddasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni almashish;
2) noqonuniy migratsiyaning oldini olish va uni bartaraf etish boʻyicha tajriba almashish;
3) Tomonlar vakolatli organlarining migratsiya masalalari bilan shugʻullanuvchi xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, shu jumladan, mazkur sohada seminarlar va stajirovkalarni tashkil etish;
4) noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
5) Tomonlar davlatlarining hududida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qoʻshma tezkor profilaktika tadbirlarini tashkil etish.
