2-modda
Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 15.04.2019 · Amalda
1. Tomonlar mazkur Bitim doirasida quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikni amalga oshiradilar:
1) oʻzaro qiziqish uygʻotadigan statistik, ilmiy-uslubiy va boshqa maʼlumotlarni almashish, shu jumladan quyidagilar toʻgʻrisidagi:
aniqlangan noqonuniy migratsiya kanallari;
noqonuniy migratsiyani tashkil etish va amalga oshirishga daxldor boʻlgan, Tomonlar davlatlarining hududlarida faoliyat yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
noqonuniy migratsiyani tashkil etish va amalga oshirishda foydalaniladigan joʻnatish va qabul qilish punktlari, yoʻnalishlar, tashuvchilar va transport vositalari;
kirish vizalari va boshqa hujjatlarni olish hamda ulardan noqonuniy migratsiya maqsadlarida foydalanish usullari;
fuqarolikni berish va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishni tashkil etish tartibi;
noqonuniy migratsiyaning oldini olishga qaratilgan amaliyot va chora-tadbirlar;
tashqi migratsiyani tartibga solish usullari;
haqiqiy boʻlmagan yoki belgilangan tartibni buzgan holda berilgan Tomonlar davlatlari fuqarolarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
Tomonlar davlatlarining fuqaroligini olgan shaxslar, shuningdek, shaxslarning Tomonlar davlatlari fuqaroligiga mansubligi;
Tomonlar davlatlarining migratsiya, shu jumladan, migratsiya jarayonlarini tartibga solish, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishni tashkil etish sohasidagi qonunchiligi, shuningdek, Tomonlar davlatlarining mazkur sohalardagi qonunchiligidagi oʻzgarishlar;
migratsiya masalalari boʻyicha uchinchi davlatlar bilan tuzilgan xalqaro shartnomalar;
boshqa Tomon davlati hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Tomonlar davlatlarining fuqarolari;
shaxsni tasdiqlovchi va davlat chegarasini kesib oʻtish huquqini beruvchi hujjatlarning namunalari, ularning shakllaridagi oʻzgartirishlar, shuningdek, Tomonlar davlatlari hududlariga kirish, unda boʻlib turish va undan chiqishga ruxsat beruvchi hujjatlarga doir talablar;
Tomonlar davlatlarining hududiga kirishga (yoki ularning hududidan chiqib ketishga) cheklovlar mavjudligi va asoslari, shuningdek, Tomonlar davlatlarining hududidan chiqarib yuborilayotgan shaxslar;
2) mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlangan va vakolatli organ tomonidan muhrlangan, soʻrovnomaga ilova qilinadigan, Tomonlar davlatlari fuqarolarning oʻz shaxsiy maʼlumotlarini transchegaraviy topshirishga rozilik berish toʻgʻrisidagi yozma arizalari mavjud boʻlgan taqdirda, sobiq Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi pasportlarining 1974-yildagi namunasi berilganligini tasdiqlash;
