6-modda. Maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi
Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida (O‘RQ-604-son) · Sana: 17.02.2020 · Amalda
Maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish quyidagilarni oʻz ichiga olgan dasturga muvofiq amalga oshiriladi:
ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratishni;
muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini taʼminlashni;
bozor infratuzilmasini yaratishni;
maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat boʻyicha va sohaviy ixtisoslashuviga muvofiq chet el investitsiyalarini hamda mahalliy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari kompleksini.
Maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini moliyaviy jihatdan taʼminlash zonaning oʻz resurslari, xususiy manbalar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining, xalqaro moliya institutlari va chet el hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi, bunda maxsus iqtisodiy zonada ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan infratuzilma bilan taʼminlash ishlari belgilangan tartibda xususiy investorlar tomonidan amalga oshirilgan taqdirda, ushbu xarajatlarning oʻrni keyinchalik maxsus iqtisodiy zonaning mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat investitsiya dasturlarini shakllantirishda maxsus iqtisodiy zonalarning muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarining moliyaviy taʼminoti nazarda tutilishi kerak.
