39-modda. Seleksiya yutugʻiga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish
Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida (270-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Kuchini yo'qotgan
Patent yoki guvohnoma olish huquqi, patent yoki guvohnoma berish haqidagi talabnoma Patent idorasida roʻyxatga olinganligi tufayli kelib chiqadigan huquqlar, shuningdek patent yoki guvohnomadan kelib chiqadigan huquqlar har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga oʻtkazilishi mumkin.
Huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasi yoki litsenziya shartnomasi asosida, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq meros yoki vasiyatnoma orqali amalga oshirilishi mumkin.
Seleksiya yutugʻiga egalik qilish huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma, shuningdek litsenziya shartnomasi Patent idorasida roʻyxatga olinadi.
