38-modda. Patent yoki guvohnomadan voz kechish
Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida (270-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Kuchini yo'qotgan
Patent egasi yozma ariza berib, patent yoki guvohnomadan voz kechish huquqiga ega.
Bir necha patent egalaridan birining patent yoki guvohnomadan voz kechishi patent yoki guvohnomaning amal qilishi toʻxtatilishiga olib kelmaydi.
Patent yoki guvohnomadan voz kechish Patent idorasi patent egasidan yozma ariza olgan sanadan eʼtiboran amal qila boshlaydi.
Patent egasi patent yoki guvohnomadan voz kechish niyati toʻgʻrisida seleksiyachini xabardor qilishi shart. Bunday holda seleksiyachi patent yoki guvohnomaga egalik qilish uchun imtiyozli huquqqa ega boʻladi.
Basharti patent yoki guvohnoma litsenziya shartnomasining obyekti boʻlsa, patent yoki guvohnomadan, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, litsenziya egasining roziligi bilangina voz kechish mumkin boʻladi.
