37-modda. Patent yoki guvohnomani bekor qilish
Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida (270-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Kuchini yo'qotgan
Patent yoki guvohnoma, basharti:
patent yoki guvohnoma haqiqiy emas deb topilsa;
seleksiya yutugʻi bundan buyon oʻxshashlik va barqarorlik shartlariga muvofiq kelmay qolsa;
patent egasi Patent idorasining iltimosiga binoan oʻn ikki oy ichida urugʻliklarni, koʻchatlarni, nasl materiallarni, hujjatlar va axborotni seleksiya yutugʻi oʻz kuchini saqlab qolganligini tekshirish uchun taqdim etmagan yoki shu maqsadlarda oʻz joyida seleksiya yutugʻini tekshirib koʻrish uchun imkoniyat yaratib bermagan boʻlsa;
seleksiya yutugʻining nomi bekor qilinayotgan, patent egasi esa boshqa munosib nomni taklif etmagan boʻlsa, bekor qilinadi.
Patent yoki guvohnomaning bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Patent idorasining byulletenida eʼlon qilinadi.
