33-modda. Patent egasi huquqlarining tugashi
Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida (270-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Kuchini yo'qotgan
Himoya qilinayotgan nav yoki zotga doir har qanday material Oʻzbekiston Respublikasi xududida patent egasining oʻzi tomonidan yoki uning roziligi bilan sotish orqali yoxud boshqa usulda realizatsiya qilish orqali yoyinki qayta ishlash va isteʼmol maqsadlarida tegishli botanik yoki zoologik turdagi nav yoki zot himoya qilinmaydigan mamlakatga olib chiqish orqali oborotga kiritilganidan keyin himoya qilinayotgan nav yoki zotning har qanday maxsulotiga doir xatti-harakatlarga nisbatan patent egasining huquqi amal qilmaydi.
Basharti navni yoki zotni sotish va boshqa usulda realizatsiya qilish ushbu nav yoki zotni keyinchalik koʻpaytirishga qaratilgan boʻlsa yoxud tegishli tur yoki xildagi nav yoxud zot himoya qilinmaydigan mamlakatlarga koʻpaytirish maqsadida nav yoki zotning oʻsimlik yoxud nasl maxsulotini olib chiqib ketish bilan bogʻliq boʻlsa, ushbu modda birinchi qismining shartlari bu nav yoki zotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
