34-modda. Patent egasi huquqining buzilishi
Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida (270-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Kuchini yo'qotgan
Ruxsat olmagan holda:
seleksiya yutugʻini yetishtirish va takror yetishtirish (koʻpaytirish);
seleksiya yutugʻini ekinboplik konditsiyasiga yetkazish;
himoya qilinayotgan seleksiya yutugʻidan foydalangan xolda yaratilgan mahsulni sotishga taklif kilish, sotish va boshqacha tarzda xoʻjalik oborotiga kiritish;
saqlash, olib kirish, olib chiqish;
maʼlumotlar Apellatsiya kengashiga yoki arizachi yoxud patent egasining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan rasmiy choralarni amalga oshirayotgan shaxsga oshkor etilishini istisno qilgan holda, seleksiya yutugʻiga oid tijorat siri hisoblangan maʼlumotlarni oshkor qilish patent egasi huquqlarining buzilishi deb eʼtirof etiladi.
