32-modda. Patent egasining huquqlaridan istisnolar
Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida (270-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Kuchini yo'qotgan
Himoya qilinayotgan seleksiya yutugʻidan:
shaxsiy va notijorat maqsadlarida foydalanish;
sinov-tajriba maqsadlarida foydalanish;
boshqa navlar yoki zotlar yaratish uchun dastlabki nav yoki zot sifatida foydalanish;
korxona, xoʻjalik patent egasidan olgan navli urugʻlik va nasl materialdan ikki yil davomida takror yetishtirish uchun ana shu korxona, xoʻjalik xududida foydalanish patent egasining huquqlarini buzish deb eʼtirof etilmaydi.
