31-modda. Patent egasining mutlaq huquqi
Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida (270-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Kuchini yo'qotgan
Patent egasining mutlaq huquqi shundan iboratki, har qanday shaxs himoya qilinayotgan seleksiya yutugʻining urugʻlik, koʻchat yoki nasl materialini:
yetishtirish va takror yetishtirish (koʻpaytirish);
ekinboplik konditsiyasiga yetkazish;
sotish uchun taklif qilish;
sotish va boshqa usulda realizatsiya qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish;
yuqorida sanab oʻtilgan maqsadlarda saqlash uchun patent yoki guvohnoma egasining ruxsatini olishi shart.
Patent egasi bunday ruxsatni oʻz xohishiga koʻra biron-bir shart va (yoki) cheklovlar bilan berishga haqli.
Patent egasining huquqi uning ruxsatisiz xoʻjalik oborotiga kiritilgan urugʻlik yoki zotli hayvonlardan yetishtirilgan oʻsimlik materialiga va chorva mahsulotlariga nisbatan ham amal qiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan harakatlarni:
himoya qilinayotgan nav, zot belgilarini jiddiy ravishda oʻzida saqlab qolgan, basharti ana shu himoya qilinayotgan nav yoki zot boshqa nav yoki zotning belgilarini jiddiy ravishda oʻzida saqlab qolgan boʻlmasa;
ushbu Qonunning 11-moddasiga muvofiq himoya qilinayotgan nav yoki zotdan aniq ravshan farq qilmaydigan;
himoya qilinayotgan nav yoki zotdan bir necha marta foydalanishni talab qilgan navning urugʻlik, koʻchat materialiga yoki zotning nasl materialiga nisbatan amalga oshirish uchun ham patent egasining ruxsatini olish zarurdir.
Nav yoki zot, boshqa (dastlabki) nav yoki zotning belgilarini jiddiy ravishda oʻzida saqlab qolgan deb eʼtirof etiladi, basharti dastlabki nav yoki zot:
dastlabki nav yoki zotning eng muhim belgilarini oʻzida saqlab qolgan boʻlsa va bu nav va zot ham oʻz navbatida oʻzidan oldingi dastlabki nav yoki zot genotipi yoxud genotiplar kombinatsiyasini aks ettiradigan asosiy belgilarni saqlagan holda ularning eng muhim belgilarini oʻzida saqlab qolgan boʻlsa;
tabiiy yoki hosil qilingan mutantni saralab olish, dastlabki nav, zot oʻsimliklari yoki hayvonlaridan ayrim mutantni saralab olish, bekkross, nav yoki zotni gen injeneriyasi usullari bilan oʻzgartirish kabi turli uslublarni qoʻllash tufayli yuz bergan farqlarni istisno etganda, dastlabki nav yoki zotdan aniq ravshan ajralib tursa va oldingi nav yoki zotning genotipi yoxud genotiplar kombinatsiyasiga mos kelsa.
