30-modda. Bojlar va yigʻimlar
Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida (270-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Kuchini yo'qotgan
Seleksiya yutugʻiga patent yoki guvohnoma berish haqida talabnoma topshirish, talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutugʻini ekspertiza va sinovdan oʻtkazish, patent yoki guvohnoma berish, uni oʻz kuchida saqlab qolish, shuningdek seleksiya yutugʻining ekspertizasi va himoyasi bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik amallarni bajarish uchun bojlar yoki yigʻimlar undiriladi.
Bajarilganligi uchun bojlar va yigʻimlar undiriladigan harakatlar roʻyxati, bojlar va yigʻimlarning miqdori hamda ularni toʻlash muddati, shuningdek toʻlovdan ozod qilish, toʻlov miqdorlarini kamaytirish yoki bojlar yoxud yigʻimlarni qaytarib berish uchun asoslar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
Bojlar va yigʻimlar arizachi, patent egasi yoki u bilan kelishgan holda boshqa manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan toʻlanadi.
Patentni, guvohnomani oʻz kuchida saqlaganlik uchun bojlar yigʻimlar toʻlashda patent egasiga olti oylik imtiyozli muddat beriladi. Bunday holda patent egasi qoʻshimcha boj, yigʻim toʻlaydi.
Imtiyozli muddat davomida patent egasining huquqlari oʻz kuchida qoladi. Basharti patentni, guvohnomani oʻz kuchida saqlab kolganlik uchun boj, yigʻim, shuningdek qoʻshimcha boj, yigʻim imtiyozli muddat davomida toʻlanmasa, patentning, guvohnomaning amal qilishi belgilangan muddatda boj, yigʻim toʻlanmagan kundan eʼtiboran toʻxtatiladi.
