32-modda. Shirkatning ustavi
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida (O‘RQ-581-son) · Sana: 07.11.2019 · Amalda
Shirkatning ustavida quyidagilar boʻlishi kerak:
shirkatning toʻliq va qisqartirilgan nomi, joylashgan yeri (pochta manzili);
joylarning mulkdorlari shirkatga birlashtirilgan koʻp kvartirali uylarning manzillari;
faoliyatning predmeti va maqsadi;
shirkatning hamda shirkat aʼzolarining huquqlari va majburiyatlari;
umumiy mol-mulkdan foydalanishdan, tijorat faoliyatini amalga oshirishdan va umumiy mol-mulkning ayrim qismlarini realizatsiya qilish va ijaraga berishdan olingan daromaddan (foydadan) foydalanish va (yoki) uni taqsimlash tartibi;
shirkatning zararlari oʻrnini qoplash tartibi;
zaxira jamgʻarmalarini va boshqa jamgʻarmalarni tashkil etish tartibi;
har bir turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joy mulkdorining umumiy mol-mulkdagi ulushi;
majburiy badallarning miqdorlarini belgilash va ularni shirkat aʼzolari tomonidan toʻlash tartibi;
umumiy mol-mulkni, koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasini va shirkatning mol-mulkini boshqarish tartibi;
shirkat boshqaruvi va taftish komissiyasining son tarkibi hamda saylanish muddati, ularning vakolatlari, ular tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;
shirkatni qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Shirkatning ustavida shirkat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan, qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham boʻlishi mumkin.
