33-modda. Shirkatning huquqlari
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida (O‘RQ-581-son) · Sana: 07.11.2019 · Amalda
Shirkat quyidagi huquqlarga ega:
umumiy mol-mulkni, koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasini va shirkatning mol-mulkini saqlash usulini belgilash;
shirkatning yillik daromadlar va xarajatlar smetasini belgilash;
umumiy mol-mulkdan, koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasidan va shirkatning mol-mulkidan foydalanish qoidalarini shirkatning ustavida belgilangan tartibda belgilash;
banklarning kreditlaridan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda foydalanish;
oʻz mol-mulkini, shu jumladan aylanma mablagʻlarini qonunchilikka muvofiq mustaqil tasarruf etish;
yer uchastkalarini doimiy foydalanish uchun belgilangan tartibda olish;
yer uchastkasida shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq xoʻjalik binolarini hamda boshqa imoratlarni qurish;
mulkdorning joyi ichidagi umumiy mol-mulkning holatini nazorat qilish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash maqsadida mulkdorni oldindan xabardor qilgach, mulkdorning joyiga uning borligida kirish yoki avariya yuz bergan taqdirda darhol kirish;
shirkatning mol-mulkini olish, sotish, topshirish, ayirboshlash, ijaraga berish, balansdan chiqarish;
shirkat aʼzolariga va boshqa shaxslarga ishlarni bajarish hamda qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish;
mablagʻlaridan shirkat ustavida nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalaniladigan maxsus fondlar tashkil etish.
