51-modda. Nazorat choralari
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-580-son) · Sana: 05.11.2019 · Amalda
Markaziy bank quyidagi hollarda banklardan yoki bank guruhlaridan zudlik bilan zarur choralar koʻrishni talab qilishga haqli:
bankning yoki banklar guruhining faoliyati banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmaganda;
bank yoki banklar guruhi tomonidan keyingi oʻn ikki oy davomida banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilishi ehtimoli toʻgʻrisida Markaziy bankning mulohazalariga asoslangan axborot mavjud boʻlganda;
Markaziy bank tomonidan bankning yoki banklar guruhining faoliyatiga va (yoki) axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizligiga taʼsir koʻrsatuvchi tavakkalchiliklar aniqlanganda.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hollarda Markaziy bank bankdan yoki banklar guruhidan:
kapital boʻyicha prudensial normativlarning Markaziy bank tomonidan belgilangan talablardan yuqori miqdorda boʻlishini taʼminlash va saqlab turishni;
korporativ boshqaruvni, tavakkalchiliklarni boshqarishni, ichki nazoratni va bankning moliyaviy ahvolini tiklash rejasini takomillashtirishni;
bankning yoki banklar guruhining faoliyati banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini taqdim etishni;
bankni moliyaviy sogʻlomlashtirish, shu jumladan oʻz aktivlari tuzilmasini oʻzgartirish va xarajatlarini qisqartirish, bankni qayta tashkil etish, bank filialini yoki boshqa boʻlinmalarini yopish boʻyicha tadbirlarni bank tomonidan amalga oshirishni;
kapitalga doir talablarni hisobga olgan holda yakka tartibdagi zaxiralash talablarini yoki aktivlarni boshqarish usullarini qoʻllashni;
bankning yoki banklar guruhining barqarorligini sezilarli darajada yomonlashtiruvchi tavakkalchiliklarga sabab boʻladigan ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga va ularning infratuzilmasini kengaytirishga nisbatan belgilangan cheklovlarga va (yoki) taqiqqa bank tomonidan rioya etilishini;
bankning faoliyatiga, xizmatlariga, moliyaviy operatsiyalariga va ichki tizimiga xos boʻlgan tavakkalchilikning pasaytirilishini;
sof foydaning bankning ustav kapitalini koʻpaytirishga yoʻnaltirilishini;
aksiyadorlarga yoki qoʻshimcha kapital vositalarini saqlovchilarga dividendlar va subordinar qarzlar boʻyicha foizlar toʻlashga doir cheklovlarning va (yoki) taqiqning bajarilishini;
