50-modda. Nazoratga doir vazifalar
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-580-son) · Sana: 05.11.2019 · Amalda
Markaziy bank nazoratga doir vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
banklardan, ularga aloqador shaxslardan va oʻz nazorati ostidagi shaxslardan, bank tomonidan autsorsingga berilgan xizmatlar va operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslardan olingan hisobotlarni, shuningdek boshqa hujjatlarni olish va tekshirishga, axborotga tushuntirish berishni talab qilishga;
banklarning, bank tomonidan autsorsingga berilgan xizmatlar va operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning, shuningdek konsolidatsiyalashgan asosda nazorat qilinishi lozim boʻlgan boshqa shaxslarning faoliyatini tekshirishga;
banklarning axborot tizimlaridan va maʼlumotlar bazasidan foydalanishga haqlidir.
