51-modda. Bankning islomiy moliya operatsiyalari
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-580-son) · Sana: 05.11.2019 · Amalda
Bankning islomiy moliya operatsiyalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
foydani taqsimlash sharti asosida mijozni moliyalashtirish yoki pul mablagʻlarini investitsiyaviy omonatlarga jalb etish;
vakillik shartnomasi orqali pul mablagʻlarini berish yoki investitsiyaviy omonatlarga jalb etish;
tovarni nasiyaga sotish orqali mijozni moliyalashtirish;
tovarlar uchun oldindan haq toʻlash orqali mijozni moliyalashtirish;
birgalikdagi faoliyatni (sherikchilik) amalga oshirish yoki yuridik shaxslarning ustav kapitalida ishtirok etish orqali mijozni moliyalashtirish;
mol-mulkni islomiy ijaraga berish (sotib olish huquqi bilan).
Islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar umumqabul qilingan xalqaro bank amaliyotiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan boshqa islomiy moliya operatsiyalarini ham amalga oshirishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan islomiy moliya operatsiyalari islomiy moliya standartlariga muvofiq amalga oshirilishi shart.
