5-modda. Banklarning moliyaviy operatsiyalari
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-580-son) · Sana: 05.11.2019 · Amalda
Banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
pul mablagʻlarini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish;
toʻlovlarni amalga oshirish, shu jumladan bank hisobvaraqlarini ochmasdan amalga oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish;
kreditlarni ularning qaytarilishi, toʻlovliligi va muddatliligi sharti bilan oʻz nomidan oʻzining mablagʻlari hamda jalb etilgan mablagʻlar hisobidan berish;
chet el valyutasi bilan naqd va naqdsiz shakllardagi operatsiyalar;
jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha pul mablagʻlarini va boshqa mol-mulkni ishonchli boshqarish;
inkassatsiya va kassa xizmatlarini koʻrsatish;
uchinchi shaxslar nomidan ularning majburiyatlari bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish va boshqa majburiyatlarni qabul qilish;
pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) shartnomasiga asosan talab qilish huquqini olish yoki boshqa shaxsga berish;
qimmatli qogʻozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qogʻozlarni boshqarish, ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
affinlangan qimmatbaho metallar sotib olish va sotish, shu jumladan metallarni masʼul saqlash hisobvaraqlarini hamda metallarning egasizlantirilgan (jismoniy boʻlmagan) hisobvaraqlarini yuritish;
qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish;
hosilaviy moliya vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish;
hujjatlarni yoki qimmatliklarni saqlash uchun maxsus binolarni yoki ularning ichidagi seyflarni ijaraga berish;
lizing berish;
qonunchilikda nazarda tutilgan shakllarda qarzlar berish;
moliyaviy operatsiyalar bilan bogʻliq maslahat xizmatlari koʻrsatish;
aktivlar majmuini (portfelini) boshqarish;
elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va toʻlash;
bank kartalarini berish va toʻlovlarga ishlov berish, bank kartalariga boshqa tashkilotlar, jumladan boshqa moliya institutlari bilan birgalikda xizmat koʻrsatish;
