48-modda. Konsolidatsiyalashgan nazorat
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-580-son) · Sana: 05.11.2019 · Amalda
Markaziy bank quyidagi hollarda banklar ustidan konsolidatsiyalashgan nazoratni amalga oshirishi kerak:
banklar guruhi tashkil etilganda;
Markaziy bank tomonidan bankni asosiy bank deb yoki asoslangan mulohazalarga koʻra bank guruhining aʼzosi deb belgilaganda.
Bank faqat bitta banklar guruhining ishtirokchisi boʻlishi mumkin.
Markaziy bank samarali hamkorlikni, axborot almashinuvini tashkil etish va konsolidatsiyalashgan asosda samarali nazorat oʻrnatish maqsadida boshqa mamlakatlarning bank nazorati organlari bilan (agar mavjud boʻlsa) mazkur mamlakatlarning qonunlari bilan qoʻriqlanadigan sirlarga, shaxsga doir maʼlumotlar va konfidensial axborotdan foydalanish tartibiga rioya etgan holda hamjihatlik va hamkorlik toʻgʻrisida yozma kelishuvlar tuzishga haqli.
Banklar ustidan konsolidatsiyalashgan nazoratni amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
