24-modda. Potensial oluvchini baholash
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-580-son) · Sana: 05.11.2019 · Amalda
Bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun berilgan arizani koʻrib chiqish chogʻida Markaziy bank:
potensial oluvchining ishchanlik obroʻsini;
moʻljallanayotgan olish amalga oshirilganidan keyin tayinlanishi nazarda tutilayotgan bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi, bank islomiy moliya kengashi aʼzolarining, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlarining ishchanlik obroʻsi, bilimi, malakasi va tajribasini;
potensial oluvchining moliyaviy salohiyatini, xususan aksiyalarini olish moʻljallanilayotgan bank faoliyatining koʻlami va ixtisoslashuvi jihatidan salohiyatini;
moʻljallanilayotgan olish amalga oshirilganidan keyin bankning banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan prudensial talablarni bajara olish imkoniyatini;
moʻljallanilayotgan olish borasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolining tarqatilishini moliyalashtirishga doir amalga oshirilgan yoki amalga oshirilayotgan urinishlar mavjudligi haqidagi shubhalar, shuningdek moʻljallanilayotgan olish amalga oshirilganidan keyin shunday tavakkalchilikning ortishi toʻgʻrisidagi taxmin mavjud emasligini;
potensial oluvchi faoliyatining bank faoliyati bilan uygʻunlashuvi ehtimolini va buning bank faoliyatining rivojlanishiga taʼsirini;
potensial oluvchi korporativ boshqaruvi tashkiliy tuzilmasining va unga aloqador boʻlgan shaxslarning bankni tartibga solishga hamda uning ustidan nazorat qilishga doir taʼsirini baholaydi.
Boshqa shaxsga aloqador shaxslar quyidagilardan iborat:
yuridik shaxs boshqaruvi organlarining aʼzolari, shuningdek bankning muhim ahamiyatga ega xodimlari;
bevosita yoki bilvosita, yakka tartibda yoki shaxslar guruhi tarkibida birgalikda faoliyat koʻrsatuvchi, bankda hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar. Agar mazkur jismoniy shaxslarning yaqin qarindoshlari bankning ustav kapitalidagi ulushlarga egalik qilsa yoki egalikni nazorat qilsa, uning miqdoridan qatʼi nazar, ushbu ulush mazkur shaxsning egaligida va nazorati ostida turgan deb hisoblanadi;
boshqa shaxs ustidan nazoratni amalga oshirayotgan yoki boshqa shaxsning nazorati ostidagi yoxud uchinchi shaxsning birgalikdagi nazorati ostidagi shaxslar;
