8-modda. Toʻlov tizimining qoidalari
Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida (O‘RQ-578-son) · Sana: 01.11.2019 · Amalda
Toʻlov tizimining qoidalari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
toʻlov tizimining ishlash tartib-taomillari, shu jumladan toʻlov tizimida toʻlovlarni amalga oshirish, toʻlov xabarnomalari formatlarining qoʻllanilish tartibi, toʻlov tizimining ish jadvali va toʻlov tizimidagi tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi;
toʻlov tizimi operatori koʻrsatayotgan xizmatlarning va toʻlov tizimida amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tavsifi;
toʻlov tizimida ishtirok etish shartlari;
toʻlov tizimi ishtirokchilarining toʻlov tizimi operatori bilan hamkorligi tartibi;
toʻlov boʻyicha farmoyishni chaqirib olish tartib-taomili;
toʻlov tizimi ishtirokchilarining toʻlovga qobiliyatsizligini hal etish tartibi;
axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etish tartibi;
toʻlov tizimi qoidalarini buzganlik uchun toʻlov tizimi ishtirokchisiga nisbatan qoʻllaniladigan choralar.
Toʻlov tizimining qoidalariga ushbu toʻlov tizimi ishtirokchilarining boshqa toʻlov tizimlarida ishtirok etishini, shuningdek mazkur toʻlov tizimining infratuzilmasiga xizmat koʻrsatuvchi shaxslarning boshqa toʻlov tizimlariga xizmat koʻrsatishini (bundan ushbu toʻlov tizimi operatorining xodimlari boʻlgan shaxslar mustasno) cheklovchi shartlarni kiritish taqiqlanadi.
Toʻlov tizimining qoidalari, ushbu qoidalarga doir oʻzgartish va qoʻshimchalar, toʻlov tizimi operatorining tariflari (xizmatlari qiymati) hamda bu tariflarning (xizmatlar qiymatining) barcha oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻlov tizimi operatori tomonidan tasdiqlanganidan soʻng uch ish kuni mobaynida toʻlov tizimi operatorining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi lozim.
Toʻlov tizimining qoidalari, ushbu qoidalarga doir oʻzgartish va qoʻshimchalar, toʻlov tizimi operatorining tariflari (xizmatlari qiymati) hamda bu tariflarning (xizmatlar qiymatining) barcha oʻzgarishlari toʻlov tizimi operatorining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinganidan soʻng oʻn besh kun oʻtgach toʻlov tizimi operatori va ishtirokchilari tomonidan qoʻllaniladi.
Toʻlov tizimlarining operatorlari oʻz toʻlov tizimlarining hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomalarni, basharti toʻlov tizimlarining qoidalarida bunday hamkorlik tartibi aks ettirilgan boʻlsa, tuzishi mumkin.
Toʻlov tizimining operatori Markaziy bankka:
toʻlov tizimining qoidalariga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu oʻzgartish hamda qoʻshimchalar amalga kiritiladigan sanaga qadar oʻn besh ish kunidan kechiktirmay;
