46-modda. Farmoyishni bajarish
Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida (O‘RQ-578-son) · Sana: 01.11.2019 · Amalda
Bank farmoyishni qabul qilayotganda uning shartnoma talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirishi hamda uni bajarishi yoki bajarishni rad etishi shart.
Benefitsiarning banki rad etish sabablarini koʻrsatgan holda farmoyishni bajarishni rad etadi hamda bu haqda darhol toʻlovchiga xabar qiladi.
Agar toʻlovchi va toʻlovchining banki oʻrtasidagi shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻlovchining banki tomonidan farmoyish bajarilishi uchun toʻlovchi farmoyishni bajarish uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlarining summasini taʼminlashi shart.
Bank tomonidan farmoyishning bajarilishini rad etish quyidagi asoslarga koʻra amalga oshiriladi:
agar shartnomada toʻlovni amalga oshirish uchun toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchi tomonidan toʻlov xizmatidan foydalanuvchiga kredit ajratishga doir xizmat koʻrsatish nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻlovni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari summasining mavjud boʻlishini toʻlovchi taʼminlamaganda;
agar farmoyishda soxtalashtirish, tuzatish, toʻldirish va oʻchirish belgilari boʻlsa, shu jumladan farmoyish toʻlovchi va toʻlovchining banki oʻrtasidagi shartnomada belgilangan ruxsat etilmagan toʻlovlardan himoya qilish harakatlari tartibi buzilgan holda topshirilgan boʻlsa;
tashabbuskor tomonidan farmoyishni tuzish va taqdim etish tartibiga doir shartnoma shartlarida belgilangan talablarga rioya etilmaganda;
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda;
bank hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi talabnoma qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan bank hisobvaragʻiga taqdim etilgan hollarda;
ruxsat etilmagan toʻlov aniqlanganda, shuningdek benefitsiar foydasiga oʻtkaziladigan pul mablagʻlarini olishning qonunga zid faktlari aniqlangan va tasdiqlangan hollarda;
bank hisobvaragʻiga doir bajarilmagan talablar va (yoki) vakolatli davlat organlarining bank hisobvaragʻi boʻyicha xarajatlarga doir operatsiyalarni toʻxtatib turish va (yoki) bank hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarini xatlash toʻgʻrisidagi qarorlari mavjud boʻlganda.
Farmoyishni bajarish:
