20-modda. Davlat ilmiy dasturlari
Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida (O‘RQ-576-son) · Sana: 29.10.2019 · Amalda
Davlat ilmiy dasturlari ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari, ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari va ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlarni oʻz ichiga oladi.
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ishlab chiqiladi va davlat buyurtmasi asosida bajariladigan ilmiy loyihalardan iborat boʻladi.
Ilmiy loyihalarni ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritish tanlovlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlariga koʻra amalga oshiriladi.
Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari dolzarb muammolarni hal etish uchun ishlab chiqiladi va aniq mahsulotga davlat buyurtmasi berish asosida bajariladigan ilmiy loyihalardan iborat boʻladi.
Ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar tegishli hudud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish va yangi ilmiy ishlanmalarni joriy etishga qaratilgan ilmiy loyihalardan iborat boʻladi.
Davlat ilmiy dasturlari loyihalarining mavzulari, yoʻnalishlari va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi axborot majburiy tartibda ommaviy axborot vositalari va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
