21-modda. Ilm-fan va taʼlimning uzviy bogʻliqligi
Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida (O‘RQ-576-son) · Sana: 29.10.2019 · Amalda
Ilm-fan va taʼlimning uzviy bogʻliqligi:
taʼlim jarayonining sifati va samaradorligini oshirish;
taʼlim oluvchilarda ilmiy tafakkurni rivojlantirish;
pedagog kadrlarning ilmiy salohiyatini oshirib borish,
“ustoz — shogird” maktab va anʼanalarini mustahkamlash, ilmiy izlanuvchilarning iqtidorli kelajak avlodini shakllantirish;
ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab borish orqali taʼminlanadi.
