7-modda. Asarning qismlari va hosila asarlar
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (272-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Amalda
Ushbu Qonunning 5-moddasida belgilab qoʻyilgan talablarni qanoatlantiruvchi asarlarning qismlari, ularning nomi va hosila asarlar mualliflik huquqi obyektlaridir.
Hosila asarlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
boshqa asarlarni qayta ishlash natijasida yaratilgan asarlar (ishlanma asarlar, annotatsiyalar, referatlar, muxtasar xulosalar, sharhlar, inssenirovkalar, aranjirovkalar hamda fan, adabiyot va sanʼat sohasidagi shunga oʻxshash boshqa asarlar);
tarjimalar;
materiallarning tanlanganligi yoki joylashtirilganligiga koʻra ijodiy mehnat natijasi boʻlgan toʻplamlar (ensiklopediyalar, antologiyalar, maʼlumot bazalari) va boshqa jamlama asarlar.
Hosila asarlarning yaratilishi uchun asos boʻlgan yoki ular oʻz ichiga olgan asarlar mualliflik huquqi obyektlari boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, hosila asarlar mualliflik huquqi bilan himoya qilinadi.
