8-modda. Mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydigan asarlar va ularga oʻxshash faoliyat natijalari
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (272-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Amalda
Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi:
rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar, toʻxtamlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;
rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar);
xalq ijodiyoti asarlari;
oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir va joriy voqealar haqidagi xabarlar;
insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati ishtirokisiz, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar.
