6-modda. Mualliflik huquqi obyektlarining turlari
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida (272-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Amalda
Mualliflik huquqi obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, oʻquv, publitsistik va boshqa asarlar);
dramatik va ssenariy asarlar;
matnli va matnsiz musiqa asarlari;
musiqali-dramatik asarlar;
xoreografiya asarlari va pantomimalar;
audiovizual asarlar (kino, tele va videofilmlar, slayd-filmlar, diafilmlar va boshqa xil kino, tele hamda video asarlar), radioasarlar;
rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va boshqa tasviriy sanʼat asarlari;
manzarali-amaliy va sahna bezagi sanʼati asarlari;
arxitektura, shaharsozlik va bogʻ-park barpo etish sanʼati asarlari;
fotografiya asarlari va fotografiyaga oʻxshash usullarda yaratilgan asarlar;
joʻgʻrofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, joʻgʻrofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli, tarxlar, eskizlar va asarlar;
barcha turdagi elektron-hisoblash mashinalari (EHM) uchun dasturlar, shu jumladan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari;
ushbu Qonunning 5-moddasida belgilab qoʻyilgan talablarga javob beruvchi boshqa asarlar.
