8-modda. Jangovar qurol
Qurol toʻgʻrisida (O‘RQ-550-son) · Sana: 29.07.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining harbiy tuzilmalari (bundan buyon matnda maxsus organlar va harbiy tuzilmalar deb yuritiladi) qurollantirilgan yoki qurollantirishga moʻljallangan, jangovar harakatlarni olib borish hamda xizmat vazifalarini bajarish uchun moʻljallangan qurol jangovar qurol jumlasiga kiradi.
Jangovar qurolni va uning oʻq-dorilarini olish, saqlash va ulardan foydalanish faqat maxsus organlar va harbiy tuzilmalar tomonidan, shuningdek ushbu Qonun 12-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan, maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Jangovar qurolning va uning oʻq-dorilarining muomalasi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
