7-modda. Xizmat quroli
Qurol toʻgʻrisida (O‘RQ-550-son) · Sana: 29.07.2019 · Amalda
Fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini, mol-mulkni himoya qilishga, tabiatni va tabiiy resurslarni, qimmatbaho va xavfli yuklarni, maxsus xat-xabarlarni muhofaza qilishga doir vazifalarni bajarish chogʻida yuridik shaxslarning (bundan buyon matnda maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslar deb yuritiladi) xodimlari tomonidan, shuningdek davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash maqsadida foydalanish uchun moʻljallangan qurol xizmat quroli jumlasiga kiradi.
Xizmat quroli qatorasiga oʻq uzishni istisno etishi, oʻqdon (baraban) sigʻimi oʻn dona patrondan ortiq boʻlmasligi, kalibri silliq stvolli qurol uchun yigirma besh millimetrdan va ogʻiz qismidagi quvvat uch yuz ellik joulgacha boʻlgan soyli kalta stvolli qurol uchun toʻqqiz millimetrdan oshmasligi kerak.
Maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslarning va xizmat qurolini saqlash, olib yurish, undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan davlat organlari mansabdor shaxslarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
