6-modda. Fuqaroviy qurol
Qurol toʻgʻrisida (O‘RQ-550-son) · Sana: 29.07.2019 · Amalda
Ov va sport bilan shugʻullanish uchun, shuningdek oʻzini oʻzi himoya qilish maqsadida foydalanish uchun moʻljallangan qurol fuqaroviy qurol jumlasiga kiradi.
Fuqaroviy qurol quyidagilarga boʻlinadi:
1) ov quroli:
soyli stvolli oʻqotar qurol;
silliq stvolli oʻqotar qurol, shu jumladan soyli qismining uzunligi bir yuz qirq millimetrdan oshmaydigan oʻqotar qurol;
kombinatsiyalangan (soyli stvolli va silliq stvolli) oʻqotar qurol, shu jumladan almashtiriladigan va joylashtiriladigan soyli stvolli oʻqotar qurol;
pnevmatik qurol;
tigʻli sovuq qurol (ov pichoqlari, ov xanjarchalari va xanjarlar);
signal beruvchi qurol;
2) sport quroli:
soyli stvolli oʻqotar qurol;
silliq stvolli oʻqotar qurol;
tigʻli sovuq qurol (rapiralar, shpagalar va qilichlar);
uloqtirish quroli (kamonlar, arbaletlar va nayzalar);
pnevmatik qurol;
signal beruvchi qurol;
3) oʻzini oʻzi himoya qilish quroli:
gazli qurol — koʻzdan yosh oqizadigan yoki achishtiradigan moddalar bilan toʻldirilgan gazli ballonchalar, mexanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar va boshqa qurilmalar;
elektroshok qurilmalari, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi taʼsiri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalar.
Fuqaroviy oʻqotar qurol qatorasiga oʻq uzishni istisno etishi va oʻqdon (baraban) sigʻimi oʻn dona patrondan ortiq boʻlmasligi kerak.
