30-modda. Chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qurolni va uning oʻq-dorilarini olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlash, olib yurish va ulardan foydalanish
Qurol toʻgʻrisida (O‘RQ-550-son) · Sana: 29.07.2019 · Amalda
Chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarning binolari hamda xodimlari xavfsizligini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qurolni va uning oʻq-dorilarini olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlash, olib yurish va ulardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga fuqaroviy qurolni va uning oʻq-dorilarini olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Mazkur qurolni va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazish, saqlash, olib yurish va ulardan foydalanish ushbu Qonunda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
